
Angliya Liga kubogi. "Sautgempton" "Manchester Siti"ni turnirdan chiqarib yubordi
Angliya Liga kubogi doirasida kechgan ikki o‘yin o‘z yakuniga etdi. "Shaxarliklar" turnirni tark etgan bo‘lsa, "Nottingem Forest" penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.
"Sautgempton" - "Manchester Siti" o‘yinida 5 daqiqani ichida mezbonlar ikkita gol urdi. Qolgan daqiqalarda mexmonlarda imkoniyatlar bo‘ldi, lekin uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
"Nottingem Forest" - "Vulverxempton" o‘yinida dastlab, "o‘rmonchilar" hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Raul Ximenes muvozanatni tikladi. Uchrashuv penaltilar seriyasigacha davom etdi va mezbonlar g‘alaba qozonib yarim finalga chiqdi.
Shu tariqa, Angliya Liga kubogining yarim finalida "Nottingem Forest" "Manchester Yunayted" bilan o‘ynaydi
Fikrlar