Angliyaga nega Frantsiya yoki Argentina bo‘la olamydi?

  • 18 iyun, 2024, 00:50
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Angliyaning o‘yini ko‘rib, gap faqat yulduzlarda emasligini ko‘pchilik tushunib etdi. Garchi, ularning tarkibidagi futbolchilar o‘ta pik formada bo‘lsa ham va yulduzlar har bitta pozitsiyada va hatto zaxirada ham to‘lib toshib yotgan bo‘lsa-da, jamoa bu boshqa masala. 

Misol uchun, Frantsiya nimani evaziga Jahon chempionatini yutgan va Angliyadan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatadi? Sababi, bu erda tezkorlik birinchi planga qo‘yiladi. Asosiy tarkibning o‘zida kamida 4-5 ta "uchar tulporlar" harakat qiladi. Bundan tashqari nimaga Argentina so‘nggi paytlarda yaxshi natijalar qayd etyapti? Sababi, bu termada agressiv futbol, kurashuvchanlik bor. Umuman olganda, biror katta turnirni yutmoqchi bo‘lgan terma jamoa ma’lum bir shaklga kirgan holda, o‘ynashi talab etiladi. Har bir o‘yinga alohida yondashish yoki yulduzlarning mahoratiga ishonish bir oylik turnir uchun risk. Bitta uchrashuvda ham nimadir o‘xshamay qolsa, kech bo‘lishi mumkin. 

Hozirgi Angliyaning yo‘nalishi nima o‘zi? "Siti" va "Arsenal" futbolchilari mayda paslarni qumsab turgan bir paytda Pikford to‘pni tepib yuboraversa, Keyn ko‘proq to‘p bilan muomala qilganda foydali ekanligini inobatga olsak, uni "skill"laridan foydalanishdan ko‘ra, hujumda faqat qanot instrumentlaridan foydalanilsa, Bellingemning "Real"dagi o‘yinidan kelib chiqib, uning haddan ziyod ko‘p individual harakatlariga "yashil chiroq" yoqilsa, terma jamoa o‘yinidagi balans buziladi. 

Balki Pikfordga pas berishni o‘rgatish kerakdir. Shuningdek, o‘zi hujumkor futbolchilarga boy Angliyada Bellingem va Raysni tayanchga qo‘yib, "xaos"ga biroz barham berib, hujum uyushtirishda faqat Sakadan emas, balki Keynning kreatividan (markazdan yorib kirishga harakat) foydalanilsa, inglizlar yana ham xavfli bo‘lishi mumkin. Bu termada hamma yulduz. Biroq shunisi aniqki, hammaning individidan foydalanib bo‘lmaydi. Jamoa bo‘lish kerak mana shunaqa paytlarda. 

Bu shunchaki birinchi o‘yin uchun xulosa. Balki Sautgeyt bizga keyingi bellashuvlarda butunlay boshqa Angliyani taqdim etar. Hozircha ularning o‘yinida na bir maqsad, uslub va shijoat ko‘rmadik. 



Karim Xudayqulov 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
18/06/2024 01:23
"Англияга нега Франция ёки Аргентина бўла оламйди?"