
Angliya noxush an’anaga barham bera olmadi
Angliya terma jamoasi yirik turnirlarda davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyani yana uzaytiradigan bo‘ldi.
Garet Sautgeyt jamoasi JCh-2022 chorak finalida Frantsiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Oxirgi marta britaniyaliklar 1966 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritishgan edi. Bu ularning yirik musobaqalar doirasidagi yagona tituli hisoblanadi.
Bundan tashqari jamoa bir marta Evro finalida ishtirok etgan - 2021 yilda. O‘shanda "uch sherlar" Italiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar