
Angliya premer-ligasi. MYu markaziy uchrashuvda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
APL 12-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Maydon egalari tarkibida Fred va Fernandesh o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mazkur gollar "qizil iblislar"ga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Ochkolari soni 19 taga etgan Ten Xag shogirdlari onlayn turnir jadvalida 5-o‘rin chiqib oldi. 23 ochkosi bor "shporlar" 3-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar