
Angliya terma jamoasi bu ishni 2006 yildan beri uddalay olmayotgan edi
Angliya terma jamoasi 16 yil ichida birinchi marta jahon chempionati guruhida birinchi o‘rinni egalladi.
Garet Sautgeyt shogirdlari Eron (6:2) hamda Uelsni (3:0) mag‘lub etib, AQSh bilan durang o‘ynab (0:0) 7 ochko to‘pladi va “B” guruhi peshqadami sifatida pley-offga yo‘l oldi.
Ta’kidlash kerakki, Angliya 2006 yildan beri birinchi marta jahon chempionati guruh bosqichini birinchi o‘rinni egalladi. O‘shanda ular Paragvay, Trinidad va Tobago hamda Shvetsiya bilan bir guruhdan joy olgan va 7 ochko to‘plagan edi.
E’tiborli jihati, o‘sha mundialda Angliya chorak finalga qadar etib borgan va penaltilar seriyasida Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar