Angliya terma jamoasi futbolchisi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

  • 04.11.2022 22:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

JCh-2022 oldidan Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasida jiddiy yo‘qotish bor. Inglizlarning chap qanot himoyachisi Ben Chiluell jarohat sabab mundialni o‘tkazib yuboradi.

"Evening Standard" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" himoyachisi Chempionlar ligasi doirasida Zagrebning "Dinamo"siga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli uch oyga yaqin maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa, Chiluell 2023 yilning fevraligacha "aristokratlar"ga yordam bera olmaydi va Qatardagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Evro-2020da "Chelsi" himoyachisi Lyuk Shouga o‘rinbosar sifatida harakat qilgan edi. Futbolchi "uch sherlar" safida 17ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!