Angliya va Italiya klublari “Roma” hujumchisi uchun kurashmoqda

  • 4 avgust, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”dan ketishi kerak bo‘lgan yana bir hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvertga ham turli klublar og‘iz solmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi “Nitstsa”dan ijaradan qaytganidan keyin Joze Mourino unga o‘ziga yangi jamoa topishni buyurdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli o‘yinchiga “Torino” va “Fulxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Klyuyvertning o‘yinidan qoniqqan “Nitstsa” klubi ham uni yana ijaraga olish bo‘yicha “Roma”ga taklif tayyorlayapti.

Niderlandiya, Germaniya, Italiya va Frantsiya chempionatlarida o‘ynash tajribasiga ega Jastin faoliyati  davomida jami 220 ta uchrashuvda qatnashib, 47tadan gol va assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!