Angliyada 25 yoshli futbolchi qotillik qurboni bo‘ldi

  • 26 yanvar, 2020, 20:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Metlok Taun" klubi yarim himoyachisi Jordan Sinnot qotillik qurboni bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra noma’lum shaxslar Sinnotga tunda hujum qilishgan va u boshida jiddiy jarohat bilan xushsiz holatda kasalxonaga olib kelingan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay uning hayoti saqlab qolinmagan.

Futbolchining o‘limida gumonlanib 2 ta erkak qo‘lga olingan.

Ma’lumot uchun, Sinnot asli "Xaddersfild" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!