Angliyada eng katta maosh olayotgan futbolchilar aniqlandi

  • 3 aprel, 2023, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning L’Equipe nashri Angliya Premer-ligasida eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilar haqida ma’lumot chop etdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuynening xizmat haqi eng qimmat baholanmoqda. Klub belgiyalik yarim himoyachiga har hafta 425 ming funt o‘tkazib beradi.

Ikkinchi o‘rinni Manchester shahri klublarini himoya qilayotgan “Siti” hujumchisi Erling Xoland va “Yunayted” posboni David de Xea bo‘lishib turadi. Ular har etti kunda 402250 funtdan maosh olmoqda.

Yana ikki futbolchi – “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning bir haftalik mehnati 373750 funtga baholangan.

Daily Mail nashrining ta’kidlashicha, bonuslarni qo‘shib hisoblaganda Premer-liga to‘purari Erling Xolandning daromadi eng yuqori bo‘lib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!