Angliyada eng zo‘r darvozabon kimligi aytildi

  • 11 mart, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Uotford” darvozasini qo‘riqlayotgan Ben Foster “Manchester Yunayted”dagi hamkasbi Din Xenderson o‘yinidan hayratda ekanini aytdi.

- Mana, haqiqiy darvozabon. Uning o‘yinlariga guvoh bo‘lgan futbolchilarning har biri uning imkoniyatlarini yuqori baholaydi. “Manchester Yunayted”da o‘ynab ketish uchun o‘ziga xos mentalitet kerak. Men “Manchester Yunayted”da o‘ynagan kezlarim mahoratim joyida edi, lekin psixologik bosimga tayyor emasdim. Mendan farqli ravishda Din Xendersonni bu muammo bezovta qilmaydi, - dedi Ben Foster.

Ben Foster 2005-2006 yillar davomida manchesterliklar safida 23 ta uchrashuv o‘tkazgan. Jin Xenderson esa joriy mavsumda 16 marta maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!