Angliyada porlagan futbolchi Italiyada "non" topolmay qoldi
“Inter”da ishi yurishmayotgan Kristian Eriksen faoliyatida yana o‘zgarish bo‘ladigan ko‘rinadi. Daniyalik pleymeykerga “Manchester Yunayted” va PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Xususan, Sulsher bu futbolchini qishki transferlar oynasi davrida o‘z shogirdlari qatoriga qo‘shmoqchi. Milanliklar Eriksenni 20 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
O‘z vaqtida Angliya premer-ligasining eng zo‘r futbolchilaridan biri hisoblangan Eriksen Italiyaga futboliga moslasha olmadi. Shuning uchun, “Inter” xo‘jayinlari futbolchi bo‘yicha PSJ va “Manchester Yunayted” takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.



Fikrlar