Angliyada yana bir mashhur klub bosh murabbiyni iste'foga chiqar­moqchi

  • 08.01.2026 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining 21-turida “Tottenxem” futbolchilari safarda “Bornmut” jamoasi mehmoni bo‘lib, uchrashuvning so‘nggi daqiqalaridagi gol tufayli 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endi Angliya Premier-ligasida navbatdagi iste’fo kutilmoqda.

“Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank navbatdagi omadсиз o‘yindan so‘ng ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Indykaila News ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni “Tottenxem” rahbariyati jamoadagi inqiroz va Tomas Frankning kelajagini muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.

Manbaga ko‘ra, klubning yuqori lavozimli rahbarlaridan biri daniyalik mutaxassisni zudlik bilan ishdan bo‘shatishni jiddiy tarzda talab qilmoqda.

Tomas Frank mavsum boshlanishidan oldin «Tottenxem» bosh murabbiyi etib tayinlangan, u bu lavozimda Anje Postekoglu ning o‘rnini egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!