Angliyadagi eng zo‘r dribling ustasi osiyolik. Uni grandlar talashyapti

  • 20 oktabr, 2023, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Chelsi” kelasi yozda tarkibini “Brayton” futbolchisi Kaoru Mitoma bilan kuchaytirmoqchi.

Chap qanot hujumchisi sifatida to‘p tepayotgan yaponiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida eng zo‘r dribling ustasi sanaladi.

“Brayton” Mitomani ikki yil avval “Kavasaki” klubidan atigi 3 million evroga xarid qilgandi. Orada bir mavsum Belgiyaning “Yunion” jamoasida ijarada o‘ynab kelgan futbolchi qisqa fursatda eng zo‘r o‘yinchilar qatoriga qo‘shildi.

Joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va to‘rtta assist qayd etgan Mitomani “Arsenal”, “Barselona” va “Manchester Siti” kabi grandlar ham o‘z safida ko‘rmoqchi.

Ayni paytda Mitomaning transfer summasi 50 million evro atrofida baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!