Angliyaga zo‘r to‘purar keladi
Gvineyalik hujumchi Muhammad Bayo tez orada Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tish imkoniga ega bo‘ldi.
Ayni paytda Frantsiya chempionatida o‘ynayotgan yosh futbolchini “Chelsi” va “Brayton” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Hozir “Klermon”da o‘ynayotgan 23 yoshli futbolchi ettita gol urib, ikkita golli pas oshirdi. Angliya klublarini Muhammad kuchsiz jamoa sharafini himoya qilayotganiga qaramay, muntazam gol urayotgani qiziqtirib qo‘ydi.
“Chelsi” skautlari jismonan baquvvat to‘purarning har bir uchrashuvini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va uni olish yo‘llarini qidiryapti. “Aristokratlar” mutasaddilari Bayoni mashhur hujumchi Dide Drogbaga qiyoslayotganidan ularning bu o‘yinchiga bahosini bilib olish mumkin.
Mutaxassislar Bayoga “Chelsi”dan ko‘ra “Brayton” varianti ma’qulligini ta’kidlamoqda. Chunki, bu jamoa “aristokratlar”dan farqli ravishda yosh hujumchiga doimiy o‘yin vaqti ajratishga tayyorligi aytilmoqda.

Fikrlar