
Angliyaning etti klubi bir futbolchiga xaridor
Meksika chempionatida “Krus Asul” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Orbelin Pineda faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
24 yoshli yarim himoyachini olishga “Arsenal”, “Tottenxem”, “Vulverxempton”, “Everton”, “Sautgempton”, “Nyukasl” va “Vest Xem” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Krus Asul” rahbariyati ham Meksika terma jamoasi o‘yinchisi bo‘lgan Pineda transferi bo‘yicha bir nechta rasmiy taklif olganini e’tirof etdi. Meksikaliklar ularni qoniqtiradigan summa taklif qilinsa, futbolchini Evropaga jo‘natishga tayyor.
Fikrlar