Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!

  • 3 fevral, 2024, 21:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov og‘ir jarohat olgani katta yo‘qotish sifatida baholangan edi.

Tecno

Murakkab vaziyatda terma jamoaga etakchilik qilish mas’uliyatini kutilganidek Abbosbek Fayzullaev o‘z zimmasiga oldi. TsSKA klubida bo‘lganidek, Abbosbek  terma jamoada ham avvaliga zaxira o‘yinchisi sifatida Suriya bilan bo‘lgan uchrashuvda maydonga keyinroq tushirildi. Biroq u qisqa fursatda jamoamiz o‘yinida ijobiy o‘zgarish qilib, o‘rni asosiy tarkibda ekanini isbotlab qo‘ydi.

IMG_1365

Ayni paytda Rossiya futboli ekspertlari Osiyo kubogida porlayotgan Abbosbek Fayzullaevning Evropaning kuchli ligalariga o‘tish imkoniyatini tahlil qilmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik futbol mutaxassislarning Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarini havola etadi.

Dmitriy Xomuxa, TsSKA va “Zenit” sobiq futbolchisi, futbol murabbiyi:

Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmoqda. Odatda, mintaqaviy musobaqalarda juda ko‘p  skautlart futbolchilarni kuzatib boradi. TsSKA yaqin orada Evropaning eng kuchli chempionatlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif olishi dargumon.

Men Abbosbekka Turkiya ligasidan jiddiy chorlovlar bo‘layotganini bilaman. Evropada top-darajaga ko‘tarilish uchun avval kuchliroq chempionatda mahoratini namoyish qilish kerak. Turkiya Fayzullaev nazarga tushishi uchun yaxshi variant.

Agar narx va sifat uyg‘unligini inobatga olsak, Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasidagi eng zo‘r transferlardan biri bo‘ldi. Abbosbek “armiyachilar”ning o‘yiniga rang-baranglik va shiddat olib kirdi. Mana shu nuqtai nazardan Fayzullaev TsSKA uchun katta transfer bo‘ldi.

Andrey Afanasev, TsSKA sobiq futbolchisi:

Fayzullaevni TsSKA uchun muvaffaqiyatli transfer sifatida e’tirof etish kerak. Abbos chempionatning birinchi qismini juda yaxshi darajada o‘tkazdi, maydonda o‘zini ko‘rsatdi, jamoaga katta yordam berdi va o‘zi ham samarali natijalar qayd etdi.

Agar Abbosbek mavsumning qolgan qismini ham shu darajada o‘tkazsa, TsSKAning haqiqiy etakchisiga aylanadi.  

Jamoa etakchisi bo‘lish oson emas. Buning uchun muntazam ravishda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatish va jamoani o‘z ortidan ergashtirish lozim.

Evgeniy Bushmanov, TsSKA sobiq futbolchisi:

Fayzullaev juda qobiliyatli, iste’dodli yosh yigit. Mavsumning birinchi yarmida TsSKA safidagi uchrashuvlarda nostantdart o‘ynay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Abbos  o‘tkir paslar beradi, o‘zi ham gol ura oladi.

Eng avvalo, Fayzullaev o‘yin borasida cho‘qqiga chiqqan paytida uning transferi uchun qancha pul talab qilishga e’tibor qaratish kerak. Hozircha, Fayzullaevni eng yuqori darajaga chiqdi va uni sotish kerak, degan shoshilinch qarorlarga o‘rin yo‘q.

455ae46f5f7a5a8e5cf8630317ae4128653ea9ded8d33757155178

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKA safida Premer-liga va Rossiya chempionatida 18 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etdi.

Qatardagi Osiyo kubogida 20 yoshli futbolchimiz to‘rtta uchrashuvda o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!

Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
21/02/2024 15:28
Agar Transfer bolib osha transfer ohshamasa va Abbosnin ishlari iziga karap ketsa bular Bu xato transfer edi deb chiqishadi aqillilik qilib Agar transfer ohshap qolsa Men aytgandimku sizlarga Abbos otishi kerak deb chiqib ozlarini xuddiki birnima biladigandey tutushadi xar ikkala tomondaham ozlarini oqlashadi
Эргашев Файзулло
01/02/2024 21:24
Хозирча ЦСКА да уйнаб тургани яхшимикан ёзги трансфер очилгунча