Anri nimani xohlayapti?

  • 7 may, 2020, 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal”ning sobiq hujumchisi Terri Anri gabonlik to‘purar Per-Emerik Obameyang “kanonirlar” safida qolishini xohlamoqda.

“Obameyang jamoadan ketishini istamayman. Albatta, uning ham o‘z hayoti bor, u ham boshqa klub yoki chempionatda o‘ynashni xohlar. Kim biladi? Lekin u “Arsenal”da qolishini xohlayman”, - deydi Anri Goal nashriga bergan intervyusida.

Bundan avvalroq Obameyangning xizmatlariga «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!