
Antuan Grizmann: Kelajagim JCh-2018 boshlangunga qadar oydinlashadi
Ispaniyaning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann kelajagi borasida gapirib o‘tdi. Bu haqda Ispaniya nashrlari xabar bermoqda.
- Mening kelajagim jahon chempionati boshlangunga qadar oydinlashadi. Men Rossiyaga hotirjam borishni istayman. Meni doim kelajagim borasidagi savollar bilan bezovta qilishlarini xohlamayman. Men opamga jamoada qolamanmi yoki yo‘qligini JCh-2018 startiga qadar aytishim kerak, - dedi Grizmann.
Fikrlar