Anvar Berdiev keyinchalik "Turon" bosh murabbiyi bo‘ladimi?

  • 6 iyun, 2021, 21:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Anvar Berdiev rasman “Turon” klubida ish boshladi. Bungacha u “Buxoro”da ma’lum muddat ishlaganini yaxshi bilasiz.

U erdan ketgach, Berdiev uzoq vaqt ishsiz qolgani yo‘q  va Superliga debyutanti hisoblangan “Turon” rahbariyati tomonidan Anvar Qurbonovichga taklif bo‘ldi. O‘z o‘rnida yaqinda murabbiylikka o‘tgan Berdiev yangi chaqiruvga rozilik bildirdi.

Uning vazifasi murabbiylar shtabida ish yuritish orqali hujumchilarning samaradorligini oshirishdan iboratligi haqida klub matbuot xizmati xabar bergandi. Ammo voqealar rivoji o‘zgarishi ham mumkinmi?

Ya’ni, xabarlarga qaraganda, Anvar Berdiev keyinchalik “Turon” bosh murabbiyiga aylanishi xususida gap-so‘zlar yo‘q emas. Ma’lumki, ayni paytda klubni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida polshalik Boguslav Baniak boshqarib turibdi.

Sports.uz muxbiri “Turon” klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev bilan shu haqida gaplashdi. Tez orada saytimiz orqali jamoa rahbari bilan suhbatni hukmingizga havola qilamiz va unda ko‘plab masalalarga oydinlik kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!