
Anvar G‘ofurov "Bunyodkor"ga qaytdi
Birinchi darvada "Obod" sharafini himoya qilgan Anvar G‘ofurov bugun "Bunyodkor"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi "qaldirg‘ochlar" bilan allaqachon kelishuvga erishib bo‘lgan. SPORTS.uzga ma’lum qilishlaricha, "Bunyodkor" ertaga Anvar G‘ofurov bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlarda Toshkentning "Obod" jamoasining faoliyati to‘xtatilish arafasida. Shu sababli jamoadagi futbolchilar o‘zlariga klub qidirishmoqda.
Fikrlar