
APL. 13-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer ligasining 13-turi bir qator qiziqarli uchrashuvlari va kutilmagan natijalarga boy bo‘lib, o‘z jozibasini namoyish etdi. "Liverpul" o‘z uyida "Tottenxem"ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda Firmino tomonidan kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Bundan tashqari, "Chelsi" safarda "Vulverxempton" klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va bu uchrashuvda ham so‘nggi daqiqada kiritilgan gol londonliklarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Turning qolgan bellashuvlarida ham o‘ziga xos natijalar qayd etildi. Ushbu o‘yinlardan maxsus fotomaqola tayyorladik!
Kante qanchalar harakat qilmasin, "bo‘rilar"ni to‘xtatib qola olmadi.
Kutib oling! APLda yangi "yulduz" porlamoqda.
Lempard qanday taktik xatoga yo‘l qo‘yganini o‘zi ham tushunmayapti.
Qiziq! Jiruning chap oyog‘i qani?
Gvardiola yaxshigina asabiylashdi va uning turli emotsiyalari ko‘zga tashlana boshladi.
Shu kuni, "shaharliklar"ning o‘yini chiqmadi.
Gettyimages muxbiridan ajoyib surat!
Bilich xotirjamlik va aql bilan ish ko‘rishi evaziga "Manchester Siti"dan ochko tortib oldi.
Risharlison maydonda xohlaganicha Braziliyaning "jinga" uslubini ishga soldi.
Shunaqasini ko‘rganmisiz? Bahs davomida futbolchilar qaerga bunday qarab qolishlari mumkin?
Shmeyxel takroriy lavhaga umid bilan qaramoqda, ammo "Lester"ga VAR ham yordam bermadi.
Kamdan-kam holatlarda "tulkilar" o‘z uyida taslim bo‘ladi.
Grandlar shoshiling! Bemford kabi futbolchilar doim ham chiqavermaydi. Unga da’vogarlik qiladiganlar esa ko‘p.
Marselo Belsa boshchiligidagi "Lids"ga tasanno! Jamoa joriy mavsumda 22 marta raqib darvozasini ishg‘ol etib ulgurgani alohida taqsinga loyiq.
Mavsum debyutanti "Nyukasl" darvozasiga 5 ta to‘p kiritdi.
Shunaqasi ham bo‘lib turadi.
"Arsenal" va "Sautgempton" qarama-qarshiligi keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
Uzoq "pauza"dan so‘ng, nihoyat, Obameyang gol urishga erishdi.
Asabiy kechgan uchrashuvda o‘zining yulduzli damlarini "Arsenal"da o‘tkazgan Uolkott sobiq jamoasiga gol urib, "Sautgempton"ga ochko olib berdi.
Futbol olamidagi eng emotsiyaga boy va o‘zgacha xarakterli ikkita murabbiylar o‘zaro to‘qnash keldi.
Shunaqasi ham bo‘lib turadi.
Firmino va Saloh "Tottenxem"ning "qotil tandemi"ga APLda kim eng zo‘ri ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.
"Vest Xem" va "Kristal Pelas" qarama-qarshiligidagi eng yorqin vaziyat.
Bu tomondan ham ko‘rishingiz mumkin.
Kim chaqqonroq?
Gol bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?
Ha, "Brayton" futbolchilari hisobni ochishdan mamnun edi.
Biroq, hakam golni inobatga olmadi va uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi.
"Aston Villa" futbolchilari "Byornli" darvozasi tomon juda ko‘p zarbalar berdi.
Gohida darvozabon, gohida himoyachilar to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘laverdi.
Top klublar e’tiborini o‘ziga jalb etayotgan Grillishning urinishlari ham bemasar ketdi va bellashuvda hisob ochilmadi.
Reshfordning dubli "qizil iblislar"ga ishonch bag‘ishladi.
"Sheffild" hisobni qisqartirib, 2:3 ko‘rinishiga keltirganidan so‘ng, bahs qizg‘in suratda davom etdi.
Hatto, murabbiylar ham o‘z ehtiroslarini jilovlolmay qoldi.
Uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi va MYu APLda safardagi ketma-ket o‘ninchi g‘alabasiga erishgan to‘rtinchi jamoa bo‘lib tarixga kirdi.
Fikrlar