
APL. 4 o‘yindan buyon gol o‘tkazmay g‘alaba qozonayotgan "Everton"ni "Tottenxem" to‘xtata oldi
APL 18-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Everton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "shporlar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
9-daqiqada Risharlison hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Son mezbonlarning hisobdagi ustunligini ikkitaga etkazib qo‘ydi. Faqatgina bellashuv yakuniga yaqin Gomesh gol urib, farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ochkolari sonini 36 taga etkazib olgan Postekoglu shogirdlari APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkosi bor "irischilar" 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar