
APL. 6-turning markaziy o‘yinida "Chelsi" "Liverpul"ga imkoniyatni boy berdi
Londondagi "Stemford Brij" stadionida kechgan uchrashuvda "qizillar" 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Trent Aleksandr-Arnold hamda Roberto Firminolar tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safida N'Golo Kante bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. "Aristokratlar" esa 8 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olishgan.
Fikrlar