
APL. "Arsenal" hamda "Siti" o‘rtasida "katta jarlik" (turnir jadvali)
Premer-Liganing 17-turidan o‘yrin olgan “Arsenal” – “Vest Xem” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 27-daqiqasida Benrahma penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, “kanorirlar” javoban raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi (Saka, Martinelli, Nketia).
Ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan Arteta shogirdlari ayni vaqtda APL turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi pog‘onani esa 33 ochko bilan "Nyukasl" band etgan. Kuchli uchlikni 32 ochkosi bor "shaharliklar" yakunlab beradi.
Qayd etish lozim, "Manchester Siti" o‘z o‘yinini ertaga o‘tkazadi. 17-tur doirasida ularni "Lids"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar