
APL. "Arsenal" kambek evaziga "Chelsi" maydonida ochko qo‘lga kiritdi
APL 9-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Palmer hamda Mudrikning gollariga evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan "aristokratlar" o‘yinning so‘nggi daqiqalariga yaqin Rays hamda Trossard tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alabani qo‘ldan boy berdi.
Shu tariqa, ochkolarini 21 taga etkazib olgan "to‘pchilar" APL turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 12 ochkosi bor Pochettino shogirdlari 9-pog‘onani band etgan.
Fikrlar