
APL: Bir yarim yillik quruq seriyaga nuqta qo‘yildi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard APL 38-turi "Lester"ga qarshi o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarida gol muallifi bo‘ldi.
Ushbu golning e’tiborli jihati 27 yoshli futbolchi APL doirasida 2019 yil 29-yanvaridan buyon birinchi golli vaziyatda ishtirok etdi. O‘shanda angliyalik futbolchi "Byornli"ga qarshi o‘yinda assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan edi.
Lingradning chempionat doirasidagi so‘nggi goli esa 2018 yil 22-dekabrida "Kardiff"ga (dubl) darvozasiga kiritilgan edi.
Fikrlar