
APL. "Bolg‘achilar" MYuni quvib o‘tdi
APL 24-turidan o‘rin olgan ”Vest Xem” - ”Uotford” o‘yini yakuniga etdi. Unda maydon egalari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsdagi yagona gol 68-daqiqada Jarrod Bouen hisobiga yozildi.
Mazkur natijadan so‘ng ”Vest Xem” APLdagi ochkolari sonini 40taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular jadvalda ”Manchester Yunayted”dan o‘zib ketgan holda, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi paytlarda qoniqarsiz natijalar qayd etayotgan ”Uotford" 15 ochko bilan 19-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar