APL. Boxing dayga xush kelibsiz
Bugundan Angliya chempionatida barcha intiqlik bilan kutgan Boxing day boshlanmoqda.
Kun doirasidan 8 bahs o‘rin olgan. Dastlab 17:30da “Uotford” – “Kristal Pelas” bilan kuch sinashsa, 20:00da “Arsena” – “Vest Bromvich”, “Byornli” – “Midlsbro”, “Chelsi” – “Bornmut”, “Lester” – “Everton”, “Manchester Yunayted” – “Sanderlend”, “Suonsi” – “Vest Xem” va 22:15da “Xall Siti” – “Manchester Siti” kabi o‘yinlari o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bellashuvlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Siz esa ushbu uchrashuvlarni SPORTS.uz saytida kuzatib borishingiz mumkin.

Fikrlar