
APL. "Chelsi" "Nottingem" bilan 1:1 o‘ynadi. MYu bo‘lsa...
Angliya Premer-Ligasi 7-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. "Chelsi" o‘z uyida "Nottingem" bilan 1:1 hisobida natija qayt etdi. Birinchi bo‘lib, "o‘rmonchilar" futbolchisi Kris Vud gol urdi. Koul Palmerning pasidan so‘ng Noni Maduake hisobni tenglashtirdi.
Turning markaziy o‘yini deb qaralgan "Aston Villa"-"Manchester Yunayted" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Fikrlar