
APL. "Chelsi" safarda "Lester"ni tor-mor keltirdi
Angliya chempionati 21-turida amaldagi chempion "Lester" joriy mavsum etakchisi "Chelsi"ni o‘z maydonida qabul qildi.
O‘yin London klubining katta ustunligi ostida o‘tdi va bu hisobda ham aks etdi. Markos Alonsoning dubli va Pedro Rodrigesning goli "Chelsi"ning yirik g‘alabasini ta’minladi.
"Chelsi" ochkolari sonini 52 taga etkazib, peshqadamlikni yana mustahkamlab oldi.
Lester – Chelsi 0:3
Gollar: 0:1 – 6 Alonso, 0:2 – 51 Alonso, 0:3 – 71 Pedro.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Fuks, Xut (Okadzaki, 60), Mendi, Ndidi, Drinkuoter, Olbrayton (Simpson, 77), Vardi, Musa (Grey, 71).
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Azar (Fabregas, 79), Kante, Villian (Batshuayi, 84), Matich, Pedro (Loftus-Chik, 84), Mozes.
Ogohlantirishlar: Fuks (51).
Fikrlar