APL. "Everton" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
APLning 6-turidan o‘rin olgan "Brentford" - "Everton" bahsida mersisaydliklar 1:3 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 6-daqiqada Dukure hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Yensen imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Tarkovski va Kalvert-Lyuinlar bittadan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Everton" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 15-o‘ringa chiqib oldi. "Brentford" esa 13-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar