APL. “Everton” safarda mag‘lub bo‘ldi va antirekord o‘rnatdi

CHERY AUTO

Kecha Angliya Premer ligasi 36-turidan o‘rin olgan “Suonsi” xamda “Everton” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda Fernando Lorente tomonidan kiritilgan yagona gol “oqqushlar”ga g‘alaba keltirdi. “Everon” esa antirekord o‘rnatdi. Gap shundaki, bugungi bahsni qo‘shib hisoblasa, “irislar” ketma-ket 3 o‘yindan buyon raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Bu boradagi eng yomon ko‘rsatkich 2006 yilda qayd etilgan. O‘shanda, “Everton” ketma-ket 4 ta bahsda gol ura olmagan edi.

Angliya Premer ligasi. 36-tur

Gol: 1:0 – 29 Lorente.

Suonsi – Fabianski, Noton, Fernandes, Mouson, Olsson, Ki Son En (Fer, 75), Britton (Kork, 73), Kerroll, Sigurdsson, Ayyu, Lorente (Baston, 87).

Everton – Stekelenburg, Xolgeyt (Kenni, 78), Djagelka, Uilyams, Beyns, Guye, Berri (Valensiya, 65), Devis, Miralyas, Lukaku, Kelvert-Lyuin(Barkli, 46).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!