CHERY AUTO

APL klublari ligadagi koronavirus bilan bog‘liq holatdan xavotir olmoqda.

Tecno

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, jamoa mutasaddilari ikki haftalik tanaffusga chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. "Manchester Siti" bilan bog‘liq vaziyatdan so‘ng ayrim klublarning top-menejerlari norasmiy muzokarada ushbu variantni muhokama qilishgan.

"Everton" "Manchester Siti" o‘yinidan tashqari "Fulxem" "Tottenxem" ham uchrashuvi so‘roq ostida turibdi. Shuningdek, "Sautgempton" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttlning oila a’zosida koronavirus aniqlangani sabab, u jamoasining so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib yubordi.

Shu bilan bir qatorda, Britaniyada pandemiya bog‘liq umumiy vaziyatning yomonlashuvi kuzatilmoqda. Quyi divizionda tur o‘yinlarining 9 tasi koronavirus sabab o‘tkazilmadi, bu esa Angliya Kubogining uchinchi bosqich o‘yinlarining qoldirilishiga sabab bo‘lishi va top klublarning taqvimiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

So‘nggi test natijalariga ko‘ra, APL ishtirokchilari orasidan 18 tasida koronavirusga ijobiy javob olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!