APL. Jota Ronaldudan o‘tib ketdi

  • 17 mart, 2022, 15:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchisi Diogo Jota kecha "Arsenal"ga qarshi bahsda bitta gol muallifiga aylandi. Bu uning APLdagi 13-goli edi. 

Shu tariqa, Jota to‘purarlar  jadvalida 2-pog‘onaga chiqib oldi. U hozirda faqat jamoadoshi Muhammad Salohdan ortda qolmoqda.

Qayd etish lozim, portugal bu borada hamyurti Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Ronaldu hisobida 12 gol mavjud edi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni payt to‘purarlar ro‘yxatida 20 gol bilan Muhammad Saloh etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!