APL kechagi o‘yinlarning barchasida penalti belgilashda hakamlar xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi

  • 10 iyul, 2020, 14:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning barchasida hakamlar tomonidan penalti belgilashda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi.

Tecno

Jumladan, «Aston Villa» – «Manchester Yunayted» (0:3) uchrashuvining birinchi bo‘limida hakam 11 metrlik jarima zarbasini noo‘rin belgiladi, bundan esa “qizil iblislar” a’zosi Brunu Fernandesh unumli foydalandi.

«Everton» – «Sautgempton» (1:1) bahsida belgilangan penalti ham noo‘rin belgilangan. Ammo, Jeyms Uord-Prouz ushbu penaltini golga aylantira olmadi.

Aksincha, «Bornmut» – «Tottenxem» (0:0) o‘yinida esa bosh hakam Xarri Keynga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilamagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!