APL klubi Gattuzoga qiziqib qoldi

  • 24.04.2019 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra italiyalik mutaxassis "Nyukasl"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Gap shundaki, “qarg‘alar” ustozi Rafael Benitesning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u hozircha ushbu kelishuvni uzaytirgani yo‘q. Shu bois jamoa rahbariyati ispaniyalik mutaxassis o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

O‘z navbatida Gattuzoning ham “Milan”dagi kelajagi so‘roq ostida turibdi. Chunki, agar “rossonerilar” mavsum so‘nggida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, u o‘z lavozimidan ozod etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!