
APL klubi hujumchisi avtohalokatga uchradi
Maykl Antonio baxtsiz hodisaga uchradi. Bu haqda "Vest Xem" klubi xabar berdi.
"Bolg‘achilar" Maykl Antonioning avtohalokatga uchraganini tasdiqlashi mumkin. Barcha klub a’zolarining o‘y-hayollari va duolari Maykl, uning oilasi va do‘stlariga qaratilgan", - deyiladi klub bayonotida.
"Vest Xem" bergan bayonotdan avval ham ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining baxtsiz hodisaga uchraganini va vertolyotda shifoxonaga olib ketilgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan, biroq internetda voqea sodir bo‘lgani taxmin qilingan joydan suratlar tarqalyapti.
Fikrlar