APL klublari Chempionlar ligasini boykot qilishmoqchi
Angliya premer-ligasi klublari Chempionlar ligasining yangi formatda o‘tkazilishiga qarshi chiqishmoqda.
Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar UEFA 2024 yildan kuchga kirishi aytilayotgan yangi format bo‘yicha qarorini o‘zgartirmasa, APL klublari ushbu musobaqani boykot qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA taklif etayotgan yangi formatga ko‘ra Chempionlar ligasida jami 128 jamoa 3 ta divizionga bo‘lingan holda ishtirok etadi va qayd etgan natijalariga qarab quyi yoki yuqori divizionga ko‘tariladi.
Oliy divizionda 32ta klub ishtirok etadi va ulardan 24tasi milliy chempionatlarida qanday natija qayd etganidan qat’iy nazar yangi mavsumda o‘z o‘rnini saqlab qolishi mumkin.

Fikrlar