APL klublari g‘azabda. Ular shoshilinch yig‘ilish talab qilyapti

  • 9 oktabr, 2021, 13:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-liga klublari "Nyukasl" jamoasining Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi (PIF - Public Investment Fund) qo‘liga o‘tganidan norozi bo‘ldi. 

"The Guardian" nashrining xabariga ko‘ra, 19 jamoa rahbariyatga bu borada shikoyat qilgan va kelasi hafta shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni talab qilmoqda. Klublar liga nima sababdan ushbu xaridni ma’qullagani va nega bu bitim borasida kam ma’lumot berilayotganini bilishni xohlamoqda. 

APL jamoalari egalari musobaqa brendi zarar ko‘rishidan, shuningdek, transfer narxi va futbolchilarning maoshi oshishidan xavotir ola boshladi. 

Ma’lumot uchun, "Nyukasl" ayni damda APL turnir jadvalida 3 ochko bilan 19-o‘rinda joylashgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!