APL klublari isyon ko‘tarmoqda! MYu, "Tottenxem" va "Everton" eng faollardan

  • 13 oktabr, 2021, 18:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 20 klubidan 19 tasi shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Unda saudiyalik milliarderlar tomonidan sotib olingan "Nyukasl" muhokama qilindi.

"Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Everton" jamoalari bunga eng katta qarshilik ko‘rsatmoqda. Qayd etilishicha, norozilik APLda Chempionlar ligasi uchun so‘nggi yo‘llanmani beruvchi 4-o‘rin uchun yangi jiddiy da’vogar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Majlisga "Nyukasl"dan hech kim taklif etilmagan. "Bu birinchi navbatda katta klublar uchun muammo, lekin kelishuv raqobatga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Top klublar Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash qiyinlashib ketishidan xavotirda",-deydi Premer-ligasi klublaridan biri rahbari.

Shuningdek, "ko‘proq kichik jamoalar bunga xotirjamroq munosabatda bo‘lishdi",-deya qo‘shimcha qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!