
APL. "Lester" kambek amalga oshirib, "Tottenxem"dan ustun keldi
Angliya Premer-Ligasining 23-turi doirasida "Tottenxem" - "Lester" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda "tulkilar" kambek amalga oshirgan holda zafar quchdi - 1:2.
Risharlison 33-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki besh daqiqasidagi Vardi (46) va Xannus (50) kiritgan gollar mehmonlarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Lester" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritgan holda 17-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar