
APL. "Lester" va "Everton" murosa ko‘chasini tanladi
Premer-liganing 34-tur bahsi "Lester" - "Everton" uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi.
Hisobni Kalvert-Lyun penaltini aniq amalga oshirgan holda ochdi. Oradani ko‘p o‘tmay Syoyunjyu imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 33-daqiqala Vardi jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym boshida Ivobi hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olib, "Lester" turnir jadvalida 16-o‘ringa chiqib oldi. "Everton" esa 19-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar