APL. "Lids" yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi

APL 28-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Lids" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvdagi yagona gol Barns hisobiga qayd etildi. Ixeanacho assist muallifi bo‘ldi. 

Shu tariqa, "tulkilar" ochkolar sonini 33 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 10-o‘rinni egallab turibdi. 

"Lids" hisobida 23 ochko mavjud bo‘lib, klub jadvalning 16-pog‘onasini band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!