APL. "Liverpul" "Byornli"ni "tor-mor" etdi

"Tyorf Mur" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Kris Vud o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, Sadio Mane va Roberto Firminolar ham ismlarini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdilar.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va turnir jadvalida yakka peshqadamligini saqlab qoldi. "Byornli" esa 4 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!