
APL. "Liverpul" kutilmaganda "Brentford"ga imkoniyatni boy berdi
APL 19-turidan o‘rin olgan "Brentford" - "Liverpul" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda "qizillar" 1:3 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, 19-daqiqada Konate o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 42-daqiqada Vissa hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Chemberlen farqni qisqartirdi. 84-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Mbyomo o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, "Brentford" hisobidagi ochkolar soni 26 taga etdi va ular 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 28 ochkosi bor "Liverpul" 6-pog‘onani band etgan.
Fikrlar