
APL. "Manchester Siti" bir kishi kam bo‘lib g‘alaba qozondi va boshqa natijalar
APLning 6-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quyida natijalar bilan tanishing.
"Manchester Siti" - "Nottingem Forest" uchrashuvida "shaharliklar" 2:0 hisobida zafar quchdi. 7-daqiqada Foden hisobni ochgan bo‘lsa, 14-daqiqada Xoland oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taym boshida Rodri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan mezbonlar bahs so‘nggiga qadar hisobni ushlab qoldi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" turnir jadvalida 18 ochko bilan peshqadam bo‘lib qolmoqda. "Nottingem Forest" esa 10-pog‘onadan joy oldi.
"Luton" - "Vulverxempton" o‘yinida kuchlar teng keldi. 50-daqiqada Neto "bo‘rilar"Ni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Morris penaltini aniq amalga oshirdi.
Ushbu durangdan keyin O’Nil shogirlari turnir jadvalida 15-o‘ringa ko‘tarildi. "Luton" esa so‘nggi pog‘oda bormoqda.
"Kristal Pelas" - "Fulxem" bahsida hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. Shu tariqa, mezbonlar 8, londonliklar 9-o‘ringa joylashdi.
Fikrlar