
APL. "Manchester Siti" safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
APLning 3-turidan o‘rin olgan "Sheffild" - "Manchester Siti" uchrashuvi "shaharliklar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinning 63-daqiqasiga kelib Xoland boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. 85-daqiqada esa Boyl imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Rodri ayjoyib zarbasi bilan g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" 3 ta turdan keyin ochko yo‘qotmagan yagona klub bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar