
APL. Mavsum debyutanti "Liverpul" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Joriy mavsum APLda ishtirok etadigan "Nottingem Forest" jamoasi o‘z tarkibini himoyachi bilan kuchaytirdi.
Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali Neko Uilyamsning transfer qilinganini ma’lum qildi. Tomonlar 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
21 yoshli futbolchi mersisaydliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum yarmida ijara asosida "Fulxem" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar