
APL. "Tottenxem" sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi
APL 31-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Bornmut" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar kutilmaganda 3:2 hisobida "shporlar"dan ustun keldi.
"Bornmut" safida Vina, Solanke hamda Uatarra gol urgan bo‘lsa, London klubining ikki goliga Son hamda Danjuma mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng "Tottenxem" MYuga etib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Fikrlar