
APLda navbatdagi iste’fo! Bu safar kuchli oltilikda
Angliyaning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu iste’foga chiqarildi.
Jamoa matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, londonliklar rahbariyati APL 10-turi doirasidagi MYudan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin bu qarorga kelgan. 47 yoshli murabbiy shu mavsum avvalida "shporlar" boshqaruviga kelgan edi.
London klubi Premer-liga joriy mavsumida 10 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘arib, 8-pog‘onada bormoqda. E’tiborlisi, "Tottenxem" Santu boshqaruvida so‘nggi 4 uchrashuvning 3tasida imkoniyatni boy berdi. APLda esa, oxirgi 7 bahsda 5 mag‘lubiyat qayd etdi.
Avvalroq, "Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryus hamda "Uotford" ustozi Xisko Munos muddatidan oldin lavozimidan ozod etilgandi.
Fikrlar